Toshkentda o'zbekona uslubdagi 4 yulduzli mehmonxona qurilmoqda

    Olmazor tumanida Abdulla Qodiriy ko'chasida joylashgan Qodiriy nomidagi bog'ning 2-lot hududida YAponiyaning H.I.S. Hotel Holdings Co. Ltd kompaniyasi umumiy maydoni 0,5 ga bo'lgan 4 yulduzli zamonaviy o'zbekona uslubdagi mehmonxona majmuasi qurmoqda.

    Turizm qo'mitasi xabariga ko'ra, qurilayotgan ushbu mehmonxona 140 xonadan iborat bo'lib, yo'naltirilgan investitsiyalar hajmi 13 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. 2020 yilning yanvar`-iyun` holatiga 5,8 mln. AQSH dollar o'zlashtirildi.

    Mehmonxonaning erto'la qismi va birinchi qavati bitgan bo'lib, ushbu qurilish ishlariga 100dan ortiq ishchi jalb qilingan. Mazkur loyihani 2021 yil oxirida foydalanishga topshirish mo'ljallangan. YAratiladigan ish o'rinlarining umumiy soni 73tani tashkil etadi.