Avvalo, jamoat transporti tizimi tubdan qayta koʻrib chiqiladi. 3 ming kilometr ichki yoʻllar yangilanadi, 10 ta zamonaviy koʻprik quriladi.

Poytaxtimizni koʻkalamzorlashtirish darajasi 30 foizga yetkazilib, 9 ta jamoat parki, 20 ta xiyobon, 250 kilometr velosiped va piyodalar yoʻlakchalari barpo etiladi.

Toshkentning oqova tizimi shahar hududidan tashqariga chiqarilib, davlat-xususiy sheriklik asosida, yangi tozalash inshooti barpo etiladi.

Chirchiq daryosining 16 kilometrlik qirgʻogʻini qayta tiklash hisobiga, 500 gektar yer maydonlari oʻzlashtiriladi. Bu joyda ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va aholi turar-joylari bunyod etiladi.