Musobaqada hamyurtlarimizdan tashqari Аvstraliya, Bangladesh, Xitoy, Gonkong, Hindiston, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Malayziya, Moʼgʼuliston, Yangi Zelandiya, Qatar, Shri-Lanka, Tojikiston, Turkmaniston, Birlashgan Аrab Аmirliklari hamda FIDE bayrogʼi ostida 7 yoshdan 17 yoshgacha boʼlgan oʼsmirlar va qizlar gʼoliblik uchun dona suradi.
Poytaxtimiz mezbonligida oʼtadigan qitʼa birinchiligida 400 nafarga yaqin yosh shaxmatchi 14-iyul kuni rapid yoʼnalishida chempionlar nomi aniqlansa, 15 iyuldan ishtirokchilar klassik yoʼnalishda 9 tur davomida oʼz mahoratlarini namoyish etadi. Shuningdek, 20-iyul – Xalqaro shaxmat kunida chempionatning blits yoʼnalishida ham kuchlilar saralanadi.
Bugun "International” mehmonxonasida musobaqaning tantanali ochilish marosimi boʼlib oʼtdi. Marosimda Osiyo hamda mamlakatimiz shaxmat mutasaddilari, ota-onalar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.