Uchrashuv kun tartibiga SHHTga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi sanoat sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini qamrab olgan masalalar kiritilgan.

Yigʻilish yakunlari boʻyicha SHHT mamlakatlari tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan qator muhim hujjatlar tasdiqlanishi kutiladi.

Bundan avvalgi uchrashuv 2021-yil 16-iyulda Dushanbe shahrida (Tojikiston) boʻlib oʻtgan, deb xabar beradi “Dunyo” AA.