Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmatining xabar berishicha, shu yilning 2-iyun kuni soat 23:50 larda Sergeli tumani Mirzo Tursunzoda-Mehrigiyo koʻchalari chorrahasida “Damas” rusumli transport vositasi va “Skuter” mototransport vositasi toʻqnashishi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

Maʼlumotlarga koʻra, YTH oqibatida “Skuter” mototransport vositasining haydovchisi voqea joyida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.