Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yakkasaroy tumani Nukus-Abdulla Qahhor koʻchalari chorrahasida haydovchi 1991-yilda tugʻilgan D.A. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinasi; haydovchi 1986-yilda tugʻilgan Z.U. boshqaruvidagi “Onix” rusumli avtomashinasi; haydovchi 1995-yilda tugʻilgan X.Y. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinalari toʻqnashishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi.

YTH oqibatida tan jarohat olganlar yoʻq.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.