Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrining Olmazor tumani Nurafshon koʻchasida, haydovchi 1984-yilda tugʻilgan B.Q. boshqaruvida boʻlgan “Spark” rusumli avtomashinasi; Haydovchi 2004-yilda tugʻilgan I.T. boshqaruvida boʻlgan “Matiz” rusumli avtomashinalari ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.
YTH oqibatida “Spark” avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek “Spark” avtomashina ichida boʻlgan 2 nafar yoʻlovchilarga va “Matiz” avtomashina haydovchisiga birinchi yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari davom etmoqda.