Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Hozirgina Toshmi chorrahada yer tagida truba portladi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi.

    Holat boʻyicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati dastlabki maʼlumot berdi.

    Unga koʻra, bugun, 10-iyul kuni taxminan soat 11:00 da Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Farobiy koʻchasi hududidan oʻtuvchi dastlabki taxminlarga koʻra diametri 800 mm boʻlgan suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketgan.

    Hodisa joyiga zudlik bilan yongʻin-qutqaruv ekipajlari yetib borib, vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.

    Tan jarohati olganlar toʻgʻrisida hozircha maʼlumot kelib tushmadi.

    Qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.