Ular Toshkent shahri hududida jamoaviy yigʻinlarni oʻtkazib, kelgusida Suriya hududida faoliyat yuritayotgan terrorchilik tashkilotlarining safiga qoʻshilishni rejalashtirib kelgan.

Aniqlangan “Tavhid va jihod katibati” tarafdorlarining soni 30 nafarga yaqin boʻlib, yoshlardan iborat ekanligi, ularning ayrimlari Andijon, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan Toshkent shahriga ishlash maqsadida kelganliklari maʼlum boʻldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Shu oʻrinda, fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlarimizni ogohlantirib, bu kabi qonun buzilishlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiriga tushib, ijtimoiy tarmoqlarning shubhali saytlaridagi daʼvatlarga aldanib qolmasliklarini, jamoat tartibiga taxdid soluvchi materiallardan foydalanmasliklarini, ularni saqlamasliklarini va tarqatmasliklarini soʻraymiz. Bu kabi noqonuniy harakatlar uchun jinoiy javobgarilk mavjudligini unutmang!