Holat boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, shu yilning 23-sentyabr kuni tongi soat 05:21 da poytaxtimizning Doʻmbirobod va Farhod koʻchalari chorrahasida harakatlanib ketayotgan Yangihayot tumanidagi 13-sonli podstansiyaga tegishli “FORD” rusumli davlat raqami 01 461 YLA boʻlgan tez tibbiy yordam avtomashinasining amortizatsiya tizimida nosozlik yuzaga kelgan.
Maʼlumotlarga koʻra nosoz avtomobil tezligi soatiga 40 km. atrofida boʻlib, uning ichida faqatgina haydovchi boʻlgan.
Avtomobildagi nosozlikni bartaraf etish maqsadida avtoulov Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filiali avtokorxonasiga olib kelinib, nosozlik toʻliq bartaraf etilgan.
Hozirda ushbu avtomashina soz holatda faoliyat koʻrsatmoqda.