Toshkentda “Tokioga 90 kun” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkaziladi

    Sport 16 Aprel 2021 452

    23-aprelda MOQ majlislar zalida “Tokioga 90 kun” nomli sport tibbiyoti va amaliy tibbiyotda innovatsion texnologiyalarini qoʻllanilishi mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtadi.

    MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur tadbirda Turkiya, Germaniya, Rossiya qatori yurtimizdan sohada ulkan tajribaga ega boʻlgan mutaxassislar oʻz bilimlari bilan oʻrtoqlashadi.

    Anjumanda mutaxassislar sohada innovatsion texnologiyalardan foydalanish, sportda travmatizm muammolari, sport genetikasi, jarohatlarga toʻgʻri tashxis qoʻyish, reabilitatsiyada lazer, magnit va zarb-toʻlqinli terapiyani qoʻllash kabi mavzularida maʼruza va amaliy tadbirlar boʻlib oʻtishi belgilangan.

    Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi sport tibbiyoti sohasiga qiziqqan mutaxassislarni ushbu tadbirga taklif etadi. Anjuman 23-aprel kuni soat 9:30 dan 17:30 gacha boʻlib oʻtadi, deb xabar beradi qoʻmita matbuot xizmati.