TXIF – bu strategik tashabbuslarni amalga oshirishni muhokama qilish va xalqaro biznes hamjamiyatiga Oʻzbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlarini namoyish etish uchun yaratilayotgan yangi maydon.
Forum Oʻzbekistonning jadal rivojlanayotgan bozoriga integratsiya jarayoniga qiziqish bildirgan yirik xorijiy investitsiyaviy, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar va korxonalar rahbar va vakillarini jalb etishga qaratilgan, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.
Shuningdek, xabar orqali forumda ishtirok etish uchun www.iift.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtish mumkinligi eslatiladi.