Yakkasaroy tumanida oilaviy korxona binosining gaz hisoblagich uskunasini almashtirib berishni va’da qilgan bo‘lim boshlig‘i ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Yangihayot tumangaz” gaz ta’minoti filialida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi E.P. (hozirda sobiq) “Q-M.” oilaviy korxonasiga qarashli kafeda o‘rnatilgan gaz hisoblagich uskunasini, yuqori sig‘imli gaz hisoblagich uskunasiga almashtirib, texnik shartlarni tayyorlab berishi evaziga A.O.dan 101 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.