Toshkentda uxlab qolgan haydovchi YTHga uchradi

    Yoʻl transport hodisasi shu yilning 19-fevral kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Maxtumquli koʻchasida sodir boʻlgan.

    Poytaxt IIBB YHXB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisi harakat davomida uxlab qolishi oqibatida oldinda harakatlanib kelayotgan “Malibu“, “Cobalt”, “Lada”, rusumli transport vositalari bilan toʻqnashuv sodir etgan.

    Yoʻl transport hodisasi natijasida tan jarohat olganlar yoʻq.

    Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.