Toshkentda V Paraosiyo oʻyinlari oʻtkaziladi

    “Toshkent-2025” yozgi IV Osiyo va V Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

    Vazirlar Mahkamasining “Toshkent-2025” yozgi Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish maqsadida hukumatning “2025-yilda Oʻzbekistonda yoshlar oʻrtasidagi IV yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qarori qabul qilindi.

    Hujjat bilan “Toshkent-2025” yozgi IV Osiyo va V Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

    Xususan, dasturga koʻra Osiyo paralimpiya qoʻmitasi vakillarini Oʻzbekistonga tashrifi va ularni Oʻyinlarni oʻtkazish obyektlari bilan tanishtirish nazarda tutilmoqda.

    Shuningdek:

    • IV yozgi Osiyo va V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi;
    • Oʻyinlarni oʻtkazish boʻyicha boshqaruv kengashi tarkibi;
    • Oʻyinlarni oʻtkazish boʻyicha direksiya mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Nizom tasdiqlanmoqda.