“MOC Fest” – Toshkent shahrida “139 Hujjatli markaz” zamonaviy sanʼat galereyasida boʻlib oʻtgan yoshlar ijodiyoti sanʼat haftaligi.
Loyiha doirasida uchta mashgʻulot oʻtkazildi:
“Yangi masalalar” – zamonaviy sanʼatning badiiy labirinti;
“Qoʻriqchilar” – hayotiy madaniy merosni asrab-avaylash va oʻtmish anʼanalariga bagʻishlangan bugungi kundagi noyob kasb egalari haqidagi qisqa metrajli hujjatli filmlar.
“WeCosmos” – avangard elektron musiqa, zamonaviy madaniyat va tasviriy sanʼat festivali.
Tadbir tashkilotchilari tomonidan zamonaviy sanʼat koʻrgazmasi, vizual ijro va yorugʻlik shousi, galaktikalar kelib chiqishi mavzusidagi installyatsiyalar, musiqa asboblari bilan interaktiv platforma, 3D rasmlar uchun zona va musiqiy sahna yaratildi.
Shuningdek, tashrif buyuruvchilar uchun tadbirning musiqiy sahnasida poytaxt DJlari, “Flyin Up” rok guruhi, shuningdek, Britaniyaning “Matters” elektron rok-dueti onlayn tarzda chiqish qilishdi. Ikki kun davom etgan tadbirda 500 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Tabiat injiqligiga qaramay, festival mahalliy va xorijiy yoshlarni maftun etdi. Xususan, tadbirda ishtirok etgan xorijiy mehmonlar Oʻzbekistonda yoshlar harakati, yoshlarning zamonaviy sanʼat va madaniy tadbirlarga boʻlgan qiziqishidan hayratda qolishdi.