Toshkentda Xalqaro anʼanaviy tasviriy va amaliy sanʼat festivali boshlandi

    Bugun poytaxtimizdagi Markaziy koʻrgazmalar zalida Xalqaro tasviriy va amaliy sanʼat festivali oʻz ishini boshladi.

    Tasviriy va amaliy sanʼat festivali buyuk musavvir Kamoliddin Behzod siymosiga ehtirom bilan boshlandi.

    Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, tizim tashkilotlari jamoasi, TURKSOY rassomlari tomonidan bobokalonimiz haykali poyiga gullar qoʻyildi.

    17-21-aprel kunlari boʻlib oʻtadigan festivalida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti — TURKSOY tashkilotiga aʼzo mamlakatlar — Ozarbayjon, Turkiya, Turkmaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston rassomlari, shuningdek, Vengriya rassomlarining ijodiy koʻrgazmlari namoyish etiladi.

    Ayni vaqtda mehmonlar, Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyi faoliyati bilan tanishdi. Mehmonlarga muzey haqida atroflicha maʼlumot berildi.

    Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyida TURKSOY rassomlari estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

    Gulichehra DURDIYEVA,

    “Yangi Oʻzbekiston” muxbiri