Turizm qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, ushbu tadbir Oʻzbekiston Transport vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
“Aviation & Logistics Forum 2023” 20 dan ortiq davlatdan 40 dan ziyod transport sohasidagi yetakchi kompaniyalar – “Turkish Airlines”, “Boeing”, “Uzairways”, “TAV Technologies” vakillari qatnashdi.
Anjuman mamlakatlar oʻrtasidagi turizm va transport kommunikatsiyalari sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, mintaqada mavjud transport yoʻlaklarini rivojlantirish, ulardan samarali foydalanish va yangi istiqbollarni yaratish, Oʻzbekiston va xorijiy sheriklar oʻrtasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
- Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli Oʻzbekistonga kelayotgan xorijlik sayyohlar soni koʻpayib va 2023-yil oxiriga kelib ularning soni 7 milliondan ortishi kutilmoqda, - dedi turizm qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Jamshid Abdusalomov. - Mamlakatimizda tranzit oʻtish tartibi va muddatlari sezilarli darajada soddalashtirildi. Dunyoning 47 ta davlatidan kelgan yoʻlovchilar mamlakatimizda 5 kungacha qolib, yoʻnalishlar boʻylab sayyohlik joylariga borishlari va sayohatlarini davom ettirishlari mumkin.