Senat axborot xizmati maʼlum qilishicha, konferensiyada Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etmoqda.

Anjuman Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish, gender tengligi va ayollar yetakchiligi boʻyicha Mintaqaviy harakatlar rejasini ishlab chiqish, shuningdek, yosh ayol deputatlarning yetakchilik fazilatlarini oshirish va Barqaror rivojlanish maqsadlarini ilgari surishda ularning ishtirokini oshirish maqsadida oʻtkazilmoqda.