Bu yerda Prezident Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon, Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gʻanini kutib oldi. Martabali mehmonlar birgalikda konferensiya zaliga yoʻl oldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqida xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun kelgan mehmonlarni yana bir bor qutladi.

Davlatimiz rahbari, Markaziy va Janubiy Osiyodan yetishib chiqqan buyuk allomalar nafaqat mintaqa, balki dunyo miqyosida ilm-fan, maʼnaviyat yuksalishiga munosib hissa qoʻshganini taʼkidlab, bugungi konferensiya mintaqa mamlakatlari oʻrtasida barcha jabhadagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanini qayd etdi.