Qayd etilishicha, endilikda Buyuk Britaniyaning “AVDO Consulting LTD” konsalting kompaniyasi poytaxt hokimligi masʼullari bilan birgalikda shahrimizning xizmat koʻrsatish sohasini atroflicha oʻrganadi va istiqbolli yoʻnalishlar borasida xulosa tayyorlaydi. Kompaniya xulosalari Toshkentda xizmat koʻrsatishni rivojlantirish uchun tavsiya boʻlib xizmat qiladi.
Tadbirda “AVDO Consulting LTD” konsalting kompaniyasi direktori Dmitriy Avdosev hamda ushbu kompaniyaning Markaziy Osiyodagi vakili Zuhra Abdurahmonova Toshkent shahrida xizmatlar sohasining iqtisodiyotdagi ulushini koʻpaytirish, joylarda xizmatlar sohasidagi mavjud imkoniyatlarni toʻliq ishga solish, xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish boʻyicha oldindan tayyorlagan taqdimotlarini namoyish etdilar va bu taqdimot poytaxtimizda olib boriladigan oʻrganishdan keyin yana toʻldiriladi.
Yigʻilishda Toshkent shahar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A.Djurayev, Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi hamda Toshkent shahar hokimligi Tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar boʻlimining masʼullari ishtirok etdilar,deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.