“OʻZENERGOINSPEKSIYA“ ning xabar berishicha,
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan “A.O.“ va “O.O.” MCHJlarga qarashli 2 ta avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida va sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilganda AI-80 va AI-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi aniqlandi.
Shuningdek, Yangihayot tumanida “F.G.S.” MCHJga qarashli AYOQSHda ham neft mahsulotlari sifatsiz ekanligi maʼlum boʻldi.
Hozirda holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan ushbu AYOQSHlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatildi.