Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida bir nechta shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi.

47 yoshli Yuldashev Xayrulla Xabibullaevich – Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko'p miqdorda tovlamachilik) hamda 36 yoshli Mirzaxmedov Ulug'bek Temurovichga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko'p miqdorda tovlamachilik) bo'yicha gumon qilinuvchi sifatida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llangan.

Shuningdek, mazkur jinoyat ishi doirasida tergovdan qochib yashiringan quyidagi 42 yoshli Badalbaev Rovshan Raximovich Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko'p miqdorda tovlamachilik) qidirilmoqda. Unga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llangan. Tergov davom etmoqda.

«Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxslardan yoki guruh a'zolaridan jabr ko'rgan bo'lsangiz yoki ushbu shaxsning jinoiy xatti-harakatlari bo'yicha, shuningdek, qidiruvdagi shaxsning qaerda ekanligi haqida biror ma'lumotga ega bo'lsangiz Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga murojaat qilishingizni so'raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi», deyilgan xabarda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Toshkentda 9 nafar jinoiy guruh a'zolari, jumladan uch nafar 69 yoshli shaxs qo'lga olingandi.