Festival O'zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi ko'magida hamda EXPRESS 24  xizmati hamkorligida tashkillashtirilmoqda.

“YANGIAMARKET” – yangi formatdagi tadbir bo'lib, biznes, madaniyat va san'atning ko'plab sohalari vakillarini o'zida jamlaydi. Tadbir doirasida eng yaxshi yosh va istiqbolli dizaynerlar, hunarmandlar, bastakorlar va rassomlar, gastro-havaskorlar va o'z sohasining boshqa mutaxassislari o'z ishlarini taqdim etadilar. 

Ikki kunlik festival dasturida DIOR (Moskva), Valeri (Toshkent), SOS (Toshkent) kabi mahalliy va xorijiy yosh ijodiy guruhlar o'z musiqiy chiqishlarini namoyish qiladilar.  

Festivalga tashrif buyurgan mehmonlar “Varim Kofe” qahvalari, “LILICHA” choylari va "Testo by Zamira" mazali taomlaridan tatib ko'rishlari mumkin.