Toshkent shahar FVBning xabar berishicha, hodisa 27-sentyabr kuni soat 21:06 da sodir boʻlgan va bu haqdagi xabar Toshkent shahar FVBga kelib tushgan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 21:09 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 21:23 da qurshab olindi va soat 21:37 da oʻchirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar tushmadi, deyiladi xabarda.