Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarini amalga oshirish, shuningdek, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash hamda shahar aholisi va jamoat transportining harakatlanishi uchun qulayliklarni oshirish maqsadida Toshkent shahrining transport oqimi faol boʻlgan koʻchalari holati tekshirilgan.

Ishlar qoplamaning uzoq muddat chidamli boʻlishini taʼminlaydigan texnologiyalar va materiallarni qoʻllagan holda ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar tomonidan 7-martdan boshlab amalga oshiriladi.

Tirbandliklarning oldini olish va noqulayliklarni kamaytirish maqsadida yoʻl ishlari asosan transport harakati eng kam boʻlgan soatlarda tashkil etiladi, — deyiladi xabarda.