Holat boʻyicha “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu yilning 20-avgust kuni “2-avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi 96-sonli avtobus haydovchisi yoʻnalish davomida telefondan foydalan holda harakatlangan.
Maʼlumotlarga koʻra, ushbu holat haydovchining yoʻnalishda harakatlanish vaqtida telefondan foydalanish qoidabuzarligi mutaxassislar tomonidan real vaqt rejimida aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan va yuqori turuvchi tashkilotlarga huquqiy baho berish uchun yuborildi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash kerakki, “Toshshahartransxizmat” AJning Avtomatlashtirilgan tizimlar orqali avtobuslarning ishlarini monitoring va tahlil qilish boʻlimi mutaxassislari tomonidan avgust oyida avtobuslarga oʻrnatilgan kuzatuv kameralari orqali avtobus haydovchilari tomonidan sodir etilgan 1284 ta turli qoidabuzarliklar va boshqa kriminogen vaziyatlar aniqlangan boʻlib, barchasi qonuniy rasmiylashtirilgan hamda huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlariga taqdim etilgan, — deyiladi xabarda.