Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, hodisa taxminan soat 02:30 larda sodir boʻlgan.
U tosh bilan bankomatning tashqi korpusini shikastlagan, ammo ichidagi seyfni ocholmay, voqea joyidan qochib ketgan. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchi ushlandi.
Maʼlum boʻlishicha, bankomat seyfida 552 mln soʻmdan ortiq mablagʻ boʻlgan. Qurilmaga yetkazilgan zarar esa 30 mln soʻmni tashkil etgan.
Gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanildi.