Bu haqda IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 1969-yilda tugʻilgan Yu.A. boshqaruvidagi HOWO rusumli yuk avtomobili bir yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan 2004-yilda tugʻilgan A.I. boshqaruvidagi velosiped bilan toʻqnashgan.
YTH natijasida velosiped haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ayni paytda tergov davom etmoqda.
Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati barcha yoʻl harakati qatnashchilarini qoidalarga rioya qilish, tezlikni belgilangan meʼyorlardan oshirmaslik hamda charchoq holatida transport vositasini boshqarmaslikka chaqirdi.