Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Shu yilning 19-avgust kuni soat 14:30 larda Yangihayot tumani KXAY koʻchasida haydovchi 1977-yilda tugʻilgan D.Sh. “HOWO” rusumli tirkamali yuk mashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetidagi beton ustunga toʻqnashishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi.
YTH oqibatida haydovchi turli darajadagi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizildi.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Barcha yoʻl harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini tezlikni belgilangan meʼyorlardan oshirmasliklarini soʻraymiz, — deyiladi xabarda.