Oʻtkazilgan reyd tadbirlarida Zangiota tumani “Istiqlol“ MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro K. B. oʻz xonadonida issiqxona tashkil qilib, tabiiy gaz tarmogʻiga hisoblagichdan oldin oʻzboshimchalik bilan ulanib, 4 dona nostandart yondirgich orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani maʼlum boʻldi.
Holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va 1 milliard 684 million soʻmlik zarar hisoblandi.
Shuningdek, Qibray tumanning “Obod“ MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro T. R. xonadonida issiqxona tashkil qilib, hisoblagichdan tashqari tabiiy gaz quvuriga oʻzboshimchalik bilan ulanib, “zangori yoqilgʻi“dan noqonuniy foydalanib kelgani maʼlum boʻldi.
Noqonuniy sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 291 million 926 ming soʻmlik zarar aniqlanib, ikkala noqonuniy holat boʻyicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.