Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berdi.
Shu yilning 15-avgust kuni soat 15:50 larda Yunusobod tumani Amir Temur koʻchasi “Minor” metro bekati qarshisida haydovchi 1992-yilda tugʻilgan A.Sh. “Zeekir” rusumli avtomashina haydovchisi harakat vaqtida rul boshqaruvini yoʻqotib yoʻl chetidagi avtobus bekatiga urildi.
Maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida tan jarohat olganlar yoʻq.
Hozirda holat boʻyicha Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.