Bu haqda Toshkent shahar transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.
Yoʻnalishli avtobuslar harakatiga quyidagicha oʻzgartirishlar kiritilgan:
- 15-sonli avtobus yoʻnalishi
.jpg)
Qoʻyliq 1-mavzesidan Doʻstlik metrosi tomon harakatlanishda endilikda Qoʻyliq koʻprik osti yoʻlidan koʻprik yoʻliga qoʻshimcha yoʻl boʻlagi orqali (Vodiy avtoturargohigacha bormagan holda) harakatlanadi.
- 28-sonli avtobus yoʻnalishi
.jpg)
Tibbiyot akademiyasidan Yangiobod mavzesi tomon harakatlanishda Shohimardon, Ohangaron yoʻli, Shohsanam va Katta Yangiobod koʻchalari orqali harakatlanadi. Yoʻnalish Katta Yangiobod koʻchasida bir tomonlama harakatlanadi.
- 61-sonli avtobus yoʻnalishi
.jpg)
Endilikda ikki tomonlama Izzat koʻchasi orqali (Beshariq, Aviasozlar va Xosiyat koʻchalariga kirmagan holda) harakatlanadi.