Toshkentdagi 97 va 157-sonli avtobus yoʻnalishlari qatnov yoʻli vaqtincha oʻzgartirildi

    Transport 25 Iyun 2025 668

    Yoʻl taʼmirlash ishlari olib borilayotgani sababli 97- va 157-sonli avtobus yoʻnalishlari qatnov yoʻli vaqtinchalik oʻzgartirildi.

    Qayd etilishicha, har ikki yoʻnalish A.Temur va Bogʻishamol koʻchalari kesishmasidan ortga qayrilib, oʻz yoʻnalishi boʻyicha harakatni davom ettiradi.

    97-sonli avtobus yoʻnalishi Toshkent vokzalidan Yunusobod dehqon bozoriga borishda A.Temur va Bogʻishamol kesishmasigacha harakatlanadi va u yerdan ortga qayrilib, belgilangan yoʻnalish boʻyicha harakatni davom ettiradi.

    157-sonli avtobus yoʻnalishi esa “Paxtakor“ metro bekatidan Yunusobod 19-dahaga borishda xuddi shu kesishmaga yetib boradi va ortga qayriladi.

    Yoʻl taʼmirlash ishlari yakunlangach, avtobuslar avvalgi yoʻnalish boʻyicha harakatlanishni davom ettiradi, — deyiladi xabarda.