Qayd etilishicha, shu yilning 28-fevral kuni Toshkent viloyati Parkent tumanidagi bolalar bogʻchasida tarbiyachi A.P (1994-yilda tugʻilgan, ayol) tomonidan tarbiyalanuvchilar Z.R (2018-yilda tugʻilgan, qiz bola) va S.M (2019-yilda tugʻilgan oʻgʻil bola)larning quloq qismidan tortib, yuz va bosh qismlariga bir necha marotaba urgan.
Ushbu holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, voyaga yetmagan bolalarga nisbatan tan jarohati yetkazilganligi faktini aniqlash maqsadida sudga oid ekspertiza tayinlangan.
Bu borada qoʻshimcha maʼlumot beriladi.