Maʼlum boʻlishicha, “chinni” soʻzi XIX – XX asrlardagi xilma-xil Oʻrta Osiyo kulolchilik buyumlariga nisbatan qoʻllanilgan.
Chinni mahsulotlari Xitoy (Chin-Xitoy) chinnisiga taqlid qilingan boʻlib, qalay-qoʻrgʻoshin sir bilan qoplangan, soʻng koʻk rangga boʻyalib, ikki marta pishirilgan.
Chinni deb nomlanuvchi sopol buyumlari koʻpincha afsonaviy Rishtonda ishlab chiqarilgan. Koʻm-koʻk rangdagi rasmlar oʻsimliksimon xususiyatga ega boʻlib, Xitoy chinnisi gullariga taqlid qiluvchi naqshlarni oʻz ichiga olgan. Bunday turdagi chinni buyumlarni ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan hunarmandlar oʻzlarini “chinnisozlar” deb atay boshlashgan va shu bilan oʻzlarini boʻyalgan sirli idishlar tayyorlaydigan boshqa kulol ustalaridan ajratib koʻrsatishgan.
Darvoqe, 1918-yilda Rishtonda paydo boʻlgan birinchi kulollar korxonasi “chinnigaron” deb atalgan.