Toshkentdagi chorrahalardan biri vaqtincha yopildi

    Urbanizatsiya 2 Iyul 2025 511

    Taʼmirlash ishlari sababli Sodiq Azimov koʻchasi va “Oʻzbekiston ovozi“ koʻchalari kesishmasida avtoulovlar harakati 5-iyulgacha yopildi.

    Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, tumandagi “Oʻzbekiston ovozi“ koʻchasi tubdan taʼmirlanib zamonaviy infratuzilma, turizm koʻchasiga aylantirilmoqda.

    Maʼlumotlarga koʻra, qurilish, taʼmirlash ishlarini jadallashtirish maqsadida “Sodiq Azimov“ koʻchasi va “Oʻzbekiston ovozi“ koʻchalari kesishmasida avtoulovlar harakati bugun, 2-iyul soat 12:00 dan 5-iyul soat 08:00 ga qadar vaqtincha avtoulovlar harakati cheklanadi.

    Maʼlumot oʻrnida, Mustaqillik shox koʻchasidan harakatlanganda Maxatma Gandi koʻchasiga oʻtish va qayrilib olish mumkin;
    — Mahtumquli koʻchasidan harakatlanganda Sodiq Azimov koʻchasining “Oʻzbekiston ovozi“ koʻchasiga tutash qismidan qayrilib olish mumkin.

    Taʼmirlash ishlari kun-u, tun tashkil etiladi va ikki smenada amaliy ishlar olib boriladi, — deyiladi xabarda.