Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zolari G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida olib borilayotgan ishlarni joyiga chiqib o‘rgandi.
"Bugungi kunda “BMP Smart Decision Private Limited” xorijiy kompaniyasi tomonidan bog‘ hududida rekonstruksiya qilish, bino inshootlarini qurish va xorijdan olib kelingan attraksionlar hamda o‘yin qurilmalarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda va shu maqsadda 71 milliard so‘m mablag‘ sarflangan", deyiladi xabardi.
Ma’lum qilinishicha, G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i joriy yilning birinchi sentabridan ish boshlaydi.
Bog‘ hududida olib borilayotgan ishlari Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining doimiy nazoratiga olingan.