Toshkentdagi ichki yoʻllar va obyektlarni taʼmirlash uchun 584 mldr soʻm foizsiz kredit ajratildi

    Mamlakatimizda 9 Fevral 2023 720

    Bu boʻyicha Prezidentning tegishli qarori imzolandi.

    Qarorga muvofiq, Toshkent shahri mahallalarining infratuzilmasini rivojlantirish, havo harorati keskin sovib ketishi davrida talafot koʻrgan mahallalardagi ichki yoʻllar, piyodalar yoʻlaklari, muhandislik-kommunikatsiya obyektlarini taʼmirlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan Toshkent shahri mahallalarining infratuzilmasini rivojlantirish, havo harorati keskin sovib ketishi davrida talafot koʻrgan mahallalardagi ichki yoʻllar, piyodalar yoʻlaklari, muhandislik-kommunikatsiya obyektlarini taʼmirlash va obodonlashtirish uchun Toshkent shahar hokimligiga 584 mlrd soʻm miqdorida foizsiz kredit ajratiladi.

    Mazkur kredit mablagʻlarining 200 mlrd soʻmi 2023-yilning IV choragida, 384 mlrd soʻmi 2024-yilning har choragida teng ulushlarda Toshkent shahar mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan Jamgʻarmaga qaytariladi.

    Qarorga koʻra, Toshkent shahar hokimligi ushbu kredit mablagʻlari hisobidan Toshkent shahrining har bir mahallasiga qoʻshimcha 1 mlrd soʻmdan mablagʻ ajratadi. Poytaxtning tuman hokimliklari mahallalar raislari bilan birgalikda mahallalarning infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalarning roʻyxatlarini xalq deputatlari tuman Kengashlarida muhokama qilib, tasdiqlaydi.