Toshkentdagi koʻcha chiroqlari sarfini kamaytirish natijasida kunlik elektr energiyasi sarfi 25 foizga kamaydi

    Energetika 22 Noyabr 2022 911

    Shu yilning 16-noyabridan boshlab koʻcha yoritish tarmoqlarida qoʻshimcha energiya sarfini cheklash rejimi joriy etildi.

    «Toshshaharnur»ning maʼlum qilishicha, bu kunlik elektr energiyasi sarfini 25 foizga kamaytirdi yoki oktyabr oyida oʻrtacha kunlik isteʼmoli 115,9 ming kVt-soat boʻlsa, noyabr oyida mazkur koʻrsatkich 87,8 ming kVt-soatni tashkil etdi.

    Natijada kuniga 28 100 kVt-soat yoki oyiga 843 000 kVt-soat elektr energiyasi tejaldi. Taqqoslash uchun ushbu tejalgan elektr energiyasi respublikadagi 4 400 ta xonadonning oʻrtacha bir oylik isteʼmolini tashkil etadi.