Toshkentdagi maktablarning birida yongʻin sodir boʻldi

    Voqea-hodisalar 2 Avgust 2023 1795

    Yongʻin oqibatida 2-qavatning taxminan 10 kv.m maydonda ichki jihozlari yonib zararlangan.

    Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 50-maktabning ikkinchi qavatida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqdagi xabar hududiy FVBga bugun, 2-avgust kuni soat 11:43 da kelib tushgan.

    Shunga koʻra, 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 11:49 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 11:52 da oʻrab olingan va soat 12:00 da oʻchirilgan. Yongʻin natijasida taxminan 10 kv.m maydonda ichki jihozlar yonib zararlangan.

    Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanayotgani maʼlum qilindi.