Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha shu yilning 18-sentyabr kuni soat 07:28da Olmazor tumani, Usta Shirin koʻchasida joylashgan, mebel ishlab chiqarish korxonalarining birida yongʻin boʻlayotganligi toʻgʻrisida, Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushdi.

Xabarga asosan yongʻin qutqaruv ekipajlari hodisa joyiga soat 07:58 da yetib borib, yongʻin soat 08:56 da batamom oʻchirildi.

Yongʻinni bartaraf etish jarayonini, Toshkent shahar FVB boshligʻi nazoratida amalga oshirildi.

Ayni vaqtda yongʻin sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.