Bu haqda FVB matbuot xizmati maʼlum qildi.
Xabarga muvofiq, qutqaruv va yongʻin oʻchirish ekipajlari soat 15:53 da voqea joyiga yetib borgan. Hodisa yuz bergan binodan barcha fuqarolar zudlik bilan evakuatsiya qilingan.
Maʼlum qilinishicha, yongʻinni bartaraf etish ishlari Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor A. Ikramov shaxsan boshchiligida olib borilmoqda. Voqea joyiga barcha yetarli kuch va vositalar jalb qilingan, vaziyat toʻliq nazoratga olingan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida jabrlanganlar yoʻq. Yongʻin soat 16:50 da qurshab olinib, soat 17:17 da toʻliq bartaraf etilgan.
Yongʻindan soʻng olib borilgan dastlabki oʻrganish ishlarida vayronalar ostida bir nafar fuqaroning jasadi topilgan.