Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikda koreys tilida malakali gidlarni tayyorlashga doir Hamkorlik memorandumini imzolashga qaror qilindi.
Markaz uyushma a'zolarini o'z tinglovchilari bilan tajriba almashishga taklif etadi. “Sejong Hakdang” Qirol Sejong institutining Toshkentdagi filiali (dunyo bo'yicha 250 ta filial) bo'lib, 1997 yilda ochilgan taniqli koreys tili maktabidir. Toshkentdagi ushbu ta'lim muassasasida malakali o'qituvchilar koreys tilidan dars beradi.
Maktab bitiruvchilari kelajakda hech qanday muammosiz tarjimon bo'lib ishlashi mumkin. Bu tilda dunyo bo'yicha 60 milliondan ortiq kishi so'zlashadi. Toshkentdagi “Sejong Hakdang” ning asosiy maqsadi nafaqat koreys tilida, balki koreys madaniyatida ham kasbiy tayyorgarlikni ta'minlashdir.
Koreys millatiga mansub maktab o'qituvchilari o'quv jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradigan maxsus o'qitish usullarini ishlab chiqdilar. Sejong Hakdang markazida mashg'ulotlardan tashqari turli festival` va musobaqalar, shuningdek, Janubiy Koreyada nishonlanadigan eng mashhur tadbirlar o'tkaziladi.