Toshkentdagi xonadonlardan birida saqlanayotgan Turkiston oq laylaklari qoʻyib yuborildi

    Fuqaro B. A. qushlarni oʻtgan yilning yoz oyida Sirdaryo viloyatida qanotlari singan holda topib olib, ularga parvarish qilib kelayotgan edi.

    Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Olmazor tumani boʻlimi inspektorlari “Guruchariq” mahallasi xonadonlarining birida Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 1 juft Turkiston oq laylak saqlanayotganini aniqladi.

    Holat yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.

    Maʼlum boʻlishicha, Fuqaro B. A. qushlarni oʻtgan yilning yoz oyida Sirdaryo viloyatida qanotlari singan holda topib olib, ularga parvarish qilib kelayotgan ekan.

    Fuqaroga yovvoyi, shuningdek, Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan jonzotlarni uyda noqonuniy saqlash mumkin emasligi tushuntirildi. Oq laylaklarb esa tabiat bagʻriga qoʻyib yuborildi.