Qayd etilishicha, shu yilning 26-fevral kuni soat 17:37 da Toshkent shahar FVBga Yashnobod tumani, “Doʻstobod“ MFY, Maftunquli koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uylarning birdagi xonadon oshxonasida gaz-havo aralashmasining chaqnash sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabar tushgan.

Kelib tushgan xabarga asosan aytilgan manzilga yongʻin-qutqaruv ekipajlari yetib borgan. Hodisa natijasida yongʻin sodir boʻlmagan.

Voqea joyiga FVB, IIBB, SSB, prokuratura va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Hozirgi vaqtda hodisa sodir bo’lgan manzildagi yuqori qavatli uyda, hayot faoliyati davom etmoqda.