Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, avtosalon masʼullari 19 nafar fuqaroga avtomashina olib kelib berish haqida yolgʻon vaʼdalar berib, 6 mlrd. 169 mln. soʻm toʻlov pulini oʻzlarining ehtiyojlari uchun sarflab yuborishganligi aniqlandi.
Hozirda Toshkentdagi avtosalon masʼullariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va boshqa modda bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.