Tadbirkorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, sohaga oid farmon va qarorlar targʻiboti maqsadida tashkil etilgan sayyor uchrashuvlarda korxonalarning ishlab chiqarish hajmi, mahsulotlarning sifati, energiya tejamkorlik holati va zamonaviy texnologik jarayonlar yaqindan oʻrganildi.
Maʼlumot oʻrnida, ayni paytda Toshkent shahrida jami 6 ta alkogol, 3 ta tamaki mahsulotlari, 1 ta isteʼmol etil spirti ishlab chiqaruvchi, 41 ta ulgurji savdo koʻrsatish subyektlari faoliyat yuritmoqda.
Joriy yilning oʻtgan davrida Toshkent shahridagi ushbu yirik korxonalar tomonidan 2 928, 8 ming dekalitr alkogolli mahsulotlar, 709,3 ming dekalitr isteʼmol etil spirti ishlab chiqarilgan.
Tadbirda ishlab chiqaruvchi korxonalarda zamonaviy texnologik imkoniyatlardan toʻliq foydalangan holda energiya tejamkorligi asosida ish hajmini kengaytirish, berilayotgan imtiyozlar, aksiz soligʻi toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshirishga oid masalalar yuzasidan tavsiyalar berildi.
Xususan, raqamli markirovkalash, mahsulot hajmlari aylanmasini hisobga olish vositalarini joriy etish, vakolatli organlarga axborot uzatishni amalga oshirish hamda sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish orqali eksport geografiyasini kengaytirish choralari muhokama qilindi.
Inspeksiya tomonidan tashkil etilayotgan bu kabi oʻrganishlar barcha hududlardagi korxonalar boʻylab davom etmoqda.