Toshkentdagi YTHda “Nexia-3” yonib ketdi

    Toshkent shahrining Mirobod tumanida “Cobalt” va “Nexia-3” rusumli avtotransport vositalari ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi.

    Bu haqda Ichki ishlar vazirligi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

    Qayd etilishicha shu yilning 5-oktyabr kuni soat 06:05 larda Mirobod tumani Oybek-Shahrisabz koʻchalari chorrahasida “Cobalt” rusumli avtomashinasi va “Nexia-3” rusumli avtomashinalari toʻqnashishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi. Toʻqnashuvdan soʻng Nexia-3 avtomashinasida yongʻin yuzaga kelgan.

    Yongʻin tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.

    Yongʻin natijasida tan jarohat olganlar boʻlmagan.

    Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yongʻin yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.