Toshkentdagi “18-avtobus saroy” ichida yongʻin chiqqani tasdigʻini topmadi

    Voqea-hodisalar 28 Yanvar 2025 715

    Ijtimoiy tarmoqlarda “18-avtobus saroy“ ichida katta yongʻin sodir boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat boʻyicha “Toshshahartransxizmat“ AJ munosabat bildirdi.

    Qayd etilishicha, yongʻin Uchtepa tumani “Taqachi“ MFY Taqachi koʻchasida joylashgan, tikuvchilik korxonasi omborida yaʼni, “18-avtobus saroyi“ga qoʻshni hududda sodir boʻlgan.

    Toshkent shahar FVB xabariga koʻra, yongʻin qutqaruv ekipajlari manzilga soat 21:40 da yetib borgan va yongʻin tungi soat 01:41 da batamom oʻchirilgan.

    Yongʻin oqibatida halok boʻlganlar va jabrlanganlar yoʻq.

    Hozirda yongʻinning sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, ushbu yongʻin “18-avtobus saroyi“ filiali hududiga oʻtmagan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan asoslanmagan axborotlarni tarqatmasliklarini soʻrab qolamiz, — deyiladi xabarda.